ICT WEEK Uzbekistan 2026 doirasidagi AWS Community Day Central Asia Toshkentda o‘z ishini boshladi. Tadbirda bulutli texnologiyalar, sun’iy intellekt, DevOps, kiberxavfsizlik va zamonaviy IT-infratuzilmalar bo‘yicha texnik sessiyalar o‘tkazilmoqda.
Tadbirda 15 dan ortiq spiker va 500 dan ziyod dasturchi, bulutli texnologiyalar mutaxassisi hamda texnologiya ixlosmandlari ishtirok etmoqda. Asosiy spikerlar qatorida Amazon Web Services vitse-prezidenti va Chief Evangelist Jeff Barr ham bor.
Tadbirni quyidagi havolalar orqali kuzatishingiz mumkin:
YouTube
Facebook
Telegram