17–21-avgust kunlari Qirg‘izistonning Cholpon-Ota shahrida Aloqa sohasida Mintaqaviy hamdo‘stlik (RSS)ning radiochastota spektri va sun’iy yo‘ldosh orbitalaridan foydalanishni tartibga solish bo‘yicha Komissiyasining 30-yig‘ilishi bo‘lib o‘tmoqda.
Tadbirda O‘zbekiston nomidan “UNICON.UZ” va Elektromagnit moslashuv markazi mutaxassislari ishtirok etmoqda.
Yig‘ilishning asosiy mavzusi — 2027-yilda Shanxay shahrida bo‘lib o‘tadigan Butunjahon radiokonferensiyasiga (WRC-27/AR-27) tayyorgarlik ko‘rish.
Tadbir doirasida RSS mamlakatlari vakillari hamda Huawei, GSMA kabi xalqaro texnologik kompaniyalar ishtirokida radiochastotalarni muvofiqlashtirish, past orbital sun’iy yo‘ldosh tizimlarini tartibga solish va yangi radio texnologiyalarni joriy etish masalalari muhokama qilinmoqda.
Komissiya yig‘ilishi 21-avgustga qadar davom etadi.