Urganchda biznesni raqamlashtirishga ixtisoslashgan kompaniya faoliyati o‘rganildi

Raqamli texnologiyalar vaziri Sherzod Shermatov Xorazm viloyatiga tashrifi davomida IT Park rezidenti “QOOB CREATION” korxonasi faoliyati bilan tanishdi.

Korxona – biznes jarayonlarini raqamlashtirish va avtomatlashtirishga ixtisoslashgan AT kompaniya bo‘lib, asosan restoran, kafe, bar, tez ovqatlanish shoxobchalari, do‘konlar va omborlar uchun zamonaviy dasturiy va texnik yechimlarni joriy etadi.

Shuningdek Kompaniya iiko, R-Keeper, StoreHouse, X2POS kabi tizimlar asosida savdo, kassa, ombor, tovarlar harakati, xodimlar faoliyati va moliyaviy jarayonlarni avtomatlashtirish xizmatlarini ko‘rsatadi. Kompaniya tomonidan PIARMENU kabi o‘z raqamli yechimlari, jumladan, o‘z-o‘ziga xizmat ko‘rsatish kiosklari va QR orqali buyurtma berish tizimlari taklif etilmoqda.

Bundan tashqari, korxona tomonidan dasturiy tizimlarni o‘rnatish va sozlash, xodimlarni o‘qitish, texnik qo‘llab-quvvatlash, ombor hisobini yuritish, inventarizasiya va biznes jarayonlarini tahlil qilish bo‘yicha konsalting xizmatlari ko‘rsatiladi.

Raqamli texnologiyalar vaziri Sh.Shermatov “QOOB CREATION” korxonasi faoliyati bilan tanishish davomida korxona daromadlari oshirish hamda yangi ish o‘rinlarini yaratish bo‘yicha takliflarini bildirdi.

Yaratilgan vaqt: 19.08.2026
Ko‘rishlar soni: 14