Urganch davlat universitetida sun’iy intellektni rivojlantirish loyihalari bilan tanishildi

Raqamli texnologiyalar vaziri Sherzod Shermatov Xorazm viloyatiga tashrifi davomida Abu Rayhon Beruniy nomidagi Urganch davlat universitetiga tashrif buyurdi.

Tashrif davomida universitetda yangi barpo etilayotgan Intellektual ilmlar va texnologiyalar fakulteti o‘quv binosi hamda mazkur bino negizida tashkil etilayotgan Sun’iy intellekt markazi va laboratoriya binosi bilan yaqindan tanishdi.

Vazirga universitet mas’ullari tomonidan Sun’iy intellekt markazining asosiy yo‘nalishlari, imkoniyatlari va istiqboldagi loyihalari haqida taqdimot qilindi.

Shuningdek, sun’iy intellekt, raqamli texnologiyalar va innovatsion ishlanmalarni yanada rivojlantirish, yoshlarning zamonaviy AT ko‘nikmalarini oshirish bo‘yicha zarur tavsiya va takliflar bildirildi.

Shuningdek, tashrif davomida universitetning AT yo‘nalishlarida tahsil olayotgan talabalar tomonidan ishlab chiqilgan innovatsion loyihalar taqdimoti bilan tanishildi.

Yaratilgan vaqt: 19.08.2026
Ko‘rishlar soni: 13