“Moveme” MChJ AT sohasida ma’lumotlarni kiritish, boshqarish va qayta ishlash, inson resurslari funksiyalarini muvofiqlashtirish, moliya va buxgalteriya hisobi tahlili, shuningdek, logistika xizmatlarini autsorsing asosida ko‘rsatish yo‘nalishlarida faoliyat yuritadi.
Hozirgi kunda kompaniya tomonidan AQShga masofaviy xizmatlar eksporti amalga oshirilmoqda. Yangi BPO markazining ishga tushirilishi korxonaning xizmat ko‘rsatish imkoniyatlarini kengaytirish hamda Xorazm viloyatida AT xizmatlari eksportini oshirishga xizmat qiladi.
Markaz binosi foydalanishga topshirilgach, bu yerda 500 nafardan ortiq yoshni yuqori daromadli ish o‘rinlari bilan ta’minlash rejalashtirilgan. Bu esa hududda zamonaviy kasblarni rivojlantirish, yoshlarni AT va BPO xizmatlari sohasiga faol jalb etish uchun yangi imkoniyatlar yaratadi.
Tashrif davomida vazir Sherzod Shermatov korxona faoliyatini yanada kengaytirish, yoshlarni mazkur yo‘nalishga faol jalb etish hamda ular uchun yuqori daromadli ish o‘rinlarini ko‘paytirish yuzasidan o‘z taklif va tavsiyalarini bildirdi.
Raqamli texnologiyalar vazirligi tomonidan hududlarda IT xizmatlari va BPO yo‘nalishini rivojlantirish, xizmatlar eksportini kengaytirish hamda zamonaviy kasblar uchun yangi imkoniyatlar yaratishga qaratilgan ishlar izchil davom ettirilmoqda.
18.08.2026
Ko‘rishlar soni: 10