Bugun, 11-avgust kuni Toshkentda o‘tkazilayotgan 38-Xalqaro informatika olimpiadasi (IOI 2026) doirasida birinchi kun musobaqa bahslariga start berildi.
Bugun dunyoning turli mamlakatlaridan tashrif buyurgan iqtidorli yosh dasturchilar murakkab algoritmik masalalarni yechish, mantiqiy fikrlash va dasturlash bo‘yicha o‘z bilim hamda mahoratini sinovdan o‘tkazadi.
Musobaqa jarayonlarini quyidagi havola orqali jonli efirda kuzatib boring va yosh dasturchilarga muxlislik qiling!
11.08.2026
Ko‘rishlar soni: 12