IOI 2026 ishtirokchilari musobaqa o‘tkaziladigan markazga tashrif buyurdi.
Tashrif davomida ishtirokchilar olimpiada bahslarida foydalaniladigan kompyuterlar va boshqa texnik qurilmalarning sozligini tekshirib, ularni amaliy sinovdan o‘tkazdilar.
Texnik sinovlar ishtirokchilarga musobaqa muhiti hamda taqdim etilgan texnik uskunalar bilan oldindan tanishish imkonini berdi.