Bugun O‘zbekiston Respublikasi Davlat gerbi qabul qilinganiga 34 yil to‘ldi.
1992-yil 2-iyulda qabul qilingan “O‘zbekiston Respublikasi Davlat gerbi to‘g‘risida”gi Qonun bilan Davlat gerbi mamlakatimizning rasmiy davlat ramzlaridan biri sifatida tasdiqlangan.
Davlat gerbi xalqimizning ko‘p asrlik tarixi, milliy qadriyatlari, tinchlik va farovonlikka intilishi, bunyodkorlik ruhi hamda mustaqil O‘zbekistonning buguni va kelajagini o‘zida mujassam etgan muqaddas timsoldir.
Gerb tasvirida quyosh nurlari yog‘dusi ostidagi serhosil vodiy, tog‘lar va daryolar, bug‘doy boshoqlari hamda g‘o‘za shoxlari, baxt va erksevarlik ramzi bo‘lgan Humo qushi, shuningdek, sakkiz qirrali yulduz, yarim oy va yulduz tasvirlari aks etgan. Ushbu ramzlar yurtimizning tinchligi, farovonligi, birlik va taraqqiyot sari intilishini ifodalaydi.
Davlat gerbiga hurmat bilan munosabatda bo‘lish har bir fuqaroning burchidir. Uni asrab-avaylash va e'zozlash Vatanga, uning tarixi hamda milliy qadriyatlariga bo‘lgan hurmatning muhim ifodasidir.
2-iyul — O‘zbekiston Respublikasi Davlat gerbi qabul qilingan kun muborak bo‘lsin!
02.07.2026
Ko‘rishlar soni: 48