Andijon viloyati Xonobod shahrida “IT-shaharcha” ochildi

Bugun, 26-iyun kuni Andijon viloyati Xonobod shahrida “IT-shaharcha”ning tantanali ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi.

Ushbu “IT-shaharcha”da bir yilda 400 nafardan ortiq yoshlar tahsil oladi. Mazkur loyiha doirasida 5–11-sinf o‘quvchilari raqamli texnologiyalar hamda xorijiy tillar bo‘yicha boshlang‘ich bilimlarni bepul egallash imkoniyatiga ega bo‘ladilar.

“IT-shaharcha”da quyidagi yo‘nalishlarda bepul ta’lim beriladi:

 

➡Kompyuter savodxonligi;
➡Dasturlash;
➡Sun’iy intellekt;
➡Robototexnika;
➡Grafik dizayn;
➡Ingliz tili



Shu bilan birga, “IT-shaharcha”da zamonaviy jihozlangan kutubxona, shaxmat toʻgaragi hamda kovorking zonalari faoliyati yoʻlga qoʻyildi.

????Xonobod shahar, Kampirovvot mahallasida mahallasidagi “IT-shaharcha” manzili: havola.

Bugungi kunga qadar Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Sirdaryo, Samarqand, Farg‘ona, Buxoro, Toshkent, Navoiy, Qashqadaryo va Jizzax viloyatlaridagi “IT shaharcha”larda 2 100 dan ortiq yoshlar zamonaviy axborot texnologiyalari hamda xorijiy tillarga o‘qitilmoqda.

Oʻz hududingizdagi “IT-shaharcha”da ta’lim olishni istasangiz, ushbu havola orqali ariza qoldiring!

Yaratilgan vaqt: 26.06.2026
Ko‘rishlar soni: 47