Raqamli texnologiyalarni rivojlantirish jamg‘armasi qishloq xo‘jaligi, fermerlik, agrotechnologiyalar va oziq-ovqat xavfsizligi sohalarida faoliyat yuritayotgan tashkilotlar, tadbirkorlar hamda startaplar uchun mavjud xalqaro grant dasturlari haqida ma’lumot beradi.
Mazkur dasturlar innovatsion loyihalarni amalga oshirish, zamonaviy texnologiyalarni joriy etish, xalqaro moliyalashtirishni jalb qilish va qishloq xo‘jaligi samaradorligini oshirishga xizmat qiladi.
Birlashgan Millatlar Tashkilotining ixtisoslashgan muassasasi hisoblangan Xalqaro qishloq xo‘jaligini rivojlantirish jamg‘armasi (IFAD) qishloq hududlarini rivojlantirish, fermer xo‘jaliklarini qo‘llab-quvvatlash va oziq-ovqat xavfsizligini mustahkamlashga qaratilgan loyihalarni moliyalashtiradi.
Dastur doirasida quyidagi yo‘nalishlar qo‘llab-quvvatlanadi:
Batafsil:
https://www.ifad.org/en/grants
Agri Connect dasturi qishloq xo‘jaligini raqamlashtirish va fermerlar uchun innovatsion xizmatlarni rivojlantirishga qaratilgan.
Dastur doirasida quyidagi yo‘nalishlar moliyalashtiriladi:
Batafsil:
https://www.ifad.org/en/w/calls-for-proposal/call-for-proposals-ifad-grant-agri-connect
GAFSP dasturi oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlash, barqaror agrooziq-ovqat tizimlarini rivojlantirish va fermerlarni qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan xalqaro tashabbus hisoblanadi.
Asosiy yo‘nalishlar:
Batafsil:
https://www.gafspfund.org/9th-call-proposals
Mazkur dastur fermerlar uyushmalari, kooperativlar va qishloq xo‘jaligi tashkilotlarini qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan.
Grant mablag‘lari quyidagi maqsadlarda ajratiladi:
Batafsil:
https://www.gafspfund.org/producer-organizations-grants
BMTning Oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi tashkiloti (FAO) tomonidan har yili qishloq xo‘jaligi va oziq-ovqat xavfsizligi sohasidagi innovatsion yechimlarni rag‘batlantirish maqsadida xalqaro tanlov tashkil etiladi.
Tanlovda quyidagilar ishtirok etishi mumkin:
Batafsil:
https://www.fao.org/fao-awards/innovation/about/en
FAO ko‘magida tashkil etiladigan World Food Forum Innovation Awards tanlovi yoshlar va innovatsion agrar loyihalarni qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan.
Dastur ishtirokchilarga:
Batafsil:
https://world-food-forum.org/innovation-lab/en
FAO tomonidan qishloq xo‘jaligi, innovatsiyalar, oziq-ovqat xavfsizligi va barqaror rivojlanish sohalaridagi ilg‘or tashabbuslarni qo‘llab-quvvatlash maqsadida turli xalqaro mukofotlar va grant dasturlari amalga oshiriladi.
Dasturda:
Batafsil:
https://www.fao.org/fao-awards/en
Xalqaro grant dasturlari qishloq xo‘jaligi va fermerlik sohasida innovatsion loyihalarni amalga oshirish, zamonaviy texnologiyalarni joriy etish hamda xalqaro moliyaviy resurslarni jalb qilish uchun keng imkoniyatlar yaratadi. Manfaatdor tashkilotlar, tadbirkorlar, startaplar va ilmiy muassasalarga grant tanlovlarini muntazam kuzatib borish hamda o‘z loyihalari bilan faol ishtirok etish tavsiya etiladi.
23.06.2026
Ko‘rishlar soni: 135