Joriy yilning 14-aprel kuni “Sun’iy intellekt va raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish markazi” DM hamda Yaponiyaning “Nippon Foundation” fondi ishtirokida uchrashuv tashkil etildi.
Uchrashuvdan ko‘zlangan asosiy maqsad o‘zaro hamkorlikning ustuvor yo‘nalishlarini belgilab olishdan iborat bo‘ldi.
Tomonlar hamkorlikning quyidagi asosiy yo‘nalishlarini muhokama qildilar:
— davlat boshqaruvi, sog‘liqni saqlash, qishloq xo‘jaligi, moliya va ta’lim sohalarida sun’iy intellekt yechimlarini joriy etish;
— tadqiqot tashabbuslari, sinov loyihalari hamda innovatsion dasturlarni birgalikda ishlab chiqish;
— salohiyatni oshirish, professional almashinuvni yo‘lga qo‘yish va sun’iy intellekt bo‘yicha ta’lim dasturlarini rivojlantirish;
— sun’iy intellekt startap ekotizimlarini qo‘llab-quvvatlash hamda milliy GPU hisoblash infratuzilmasidan foydalanish imkoniyatlarini kengaytirish.
Shuningdek, “Nippon Foundation” fondi Markazga quyidagi yo‘nalishlarda amaliy ko‘mak ko‘rsatishga tayyorligini bildirdi:
— mahalliy SI startaplarini Yaponiya bozoriga olib chiqish;
— SI startaplar uchun kichik quvvatli hisoblash infratuzilmasiga kirish imkoniyatlarini ta’minlash.
Mazkur uchrashuv sun’iy intellekt sohasida xalqaro hamkorlikni kengaytirish, innovatsion ekotizimni rivojlantirish hamda ilg‘or texnologiyalarni joriy etish yo‘lidagi muhim qadam bo‘ldi.
16.04.2026
Ko‘rishlar soni: 2