Raqamli xizmatlardan foydalanishda xavfsizlik madaniyati juda muhim. Ma’lumotlar xavfsizligini ta’minlash maqsadida qo‘shimcha choralar ko‘rildi hamda shaxsiy ma’lumotlaringizni sizning roziligingiz asosida boshqa tizimlarga taqdim etish yoki cheklash imkoniyati yo‘lga qo‘yildi.
Agar siz shaxsiy ma’lumotlaringizni boshqa tizimlar va tashkilotlarga (bank, moliya, sug‘urta, telekommunikatsiya va boshqalar) berishni xohlasangiz, OneID tizimi orqali ularni taqdim etish yoki cheklash imkoniyatidan foydalanishingiz mumkin:
- Kompyuter orqali id.egov.uz saytiga o‘ting.
- Tizimda ro‘yxatdan o‘tmagan bo‘lsangiz, buni bajaring.
- Saytda ko‘rsatilgan usullar bilan tizimga kiring.
- ERI (imzo) yoki Mobile-ID yordamida "Shaxsga doir ma’lumotlarni boshqarish" bo‘limida xizmatni faollashtiring.
- Kerakli tashkilot qarshisidagi qulf belgisini oching yoki yoping.
06.02.2026
Ko‘rishlar soni: 12