Turkiyaning Antaliya shahrida 5–9-oktabr kunlari 77-Xalqaro astronavtika kongressi (IAC-2026) bo‘lib o‘tmoqda. Turkiya ilk bor mezbonlik qilayotgan nufuzli xalqaro tadbirda dunyoning turli mamlakatlari yetakchi vakillari, kosmik soha mutaxassislari va yetakchi kompaniyalar ishtirok etmoqda.
Tadbirning ochilish marosimida Turkiya Prezidenti Rejep Tayyip Erdog‘an ham ishtirok etib, kosmos sohasida xalqaro hamkorlikni rivojlantirish, umumiy maqsadlar yo‘lida birgalikda harakat qilish va kosmosdan tinch maqsadlarda foydalanish muhimligini ta’kidladi.
Tadbirda Raqamli texnologiyalar vaziri Sherzod Shermatov ham ishtirok etdi.
Kongress O‘zbekistonning xalqaro kosmik hamjamiyat bilan aloqalarini yanada mustahkamlash, yangi hamkorlik yo‘nalishlarini belgilash hamda kosmik texnologiyalar sohasidagi ilg‘or tajribalarni o‘rganish uchun muhim platforma bo‘lib xizmat qiladi.
IAC-2026 doirasida kosmosdan tinch maqsadlarda foydalanish, xalqaro hamkorlikni kengaytirish va sohaning kelajakdagi rivojini ta’minlashga qaratilgan qator uchrashuv va muhokamalar o‘tkazilmoqda.
06.10.2026
Ko‘rishlar soni: 60